» » Di Kaprio mashinasiga kelib urilgan muhojir ayolni yodidan chiqmaydigan tarzda “jazoladi” (foto)

Di Kaprio mashinasiga kelib urilgan muhojir ayolni yodidan chiqmaydigan tarzda “jazoladi” (foto)


Leonardo Di Kaprio ma’shuqasi bilan ketayotgan avtomobilga svetoforda meksikalik noqonuniy muhojir ayol mashinasi bilan kelib urilganda qanday yo‘l tutganini bilib, unga nisbatan hurmatingiz oshishi aniq. Bu haqda “Kaktus” hikoya qilmoqda.

Aktyor avvaliga yonidagi qiz bilan hammasi joyida ekanligiga ishonchi komil bo‘ldi. Shundan so‘ng mashinadan chiqib, avariya sababchisi ahvolini surishtirdi. Ayolga avtomobildan chiqishga yordam berdi, daraxt ostiga, soyaga olib bordi va o‘ziga kelishiga yordam berdi.

Aktyorning avtomobili tiklab bo‘lmaydigan holga kelgandi.

Ayol noqonuniy muhojir ekanligi, politsiya chaqirilsa migratsiya xizmati bilan katta muammolarga duch kelishi uning yig‘i-sig‘isidan ma’lum bo‘ldi. Unda tovon puli tugul, o‘zining mashinasini ta’mirlash uchun ham mablag‘i yo‘q edi.

Di Kaprio politsiyaga murojaat qilmaslikka qaror qildi. Buning o‘rniga kotibasiga qo‘ng‘iroq qilib, avariya sababchisi bo‘lgan ayolning avtomobilini ta’mirlash uchun pul jo‘natishini so‘radi.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют