» » Toshkent shahrining Qoraqamish dahasida 70 yoshli ayol nosoz liftda 5 soat qolib ketdi (foto)

Toshkent shahrining Qoraqamish dahasida 70 yoshli ayol nosoz liftda 5 soat qolib ketdi (foto)


Toshkent shahrining Olmazor tumani, Qoraqamish dahasidagi 9-qavatli uylardan birida 70 yoshli ayol nosoz liftda 5 soat qolib ketdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

25-mart, shanba kuni tushga yaqin nafaqadagi ayol bozordan uyiga qaytib, liftga chiqdi. 9-qavat tugmasini bosdi, biroq oradan bir necha soniya o‘tib qurilma to‘xtab qoldi. Ayol qo‘shnisiga qo‘ng‘iroq qildi va bu uning joniga oro kirdi.

Qo‘shni ayolga ko‘ra, u darrov uy-joy mulkdorlari shirkati raisi bilan bog‘langan, biroq rais shahardan tashqarida ekanligi va yordam berolmasligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng liftlarni ta’mirlaydigan ustaga qo‘ng‘iroq qiladi, biroq u boshqa obyektda ekanligi va faqat kechki payt bo‘shashini bildiradi.

Shundan so‘ng 1055 qisqa raqami orqali kommunal dispetcherlik xizmati bilan bog‘lanadi. Bu yerda buyurtma qabul qilinib, yordam berish va’da qilinadi. Biroq oradan bir soat o‘tib ham, ikki soat o‘tgandan keyin ham yordam kelmadi. Keksa ayol liftda qolayotganiga salkam 4 soatga yaqinlashganda esa navbatdagi qo‘ng‘iroqqa javoban dispetcherlik xizmati operatori agar tezkor yordam zarur bo‘lsa, qutqaruv xizmatiga murojaat etishni “maslahat” beradi.

Qo‘shnilar ilojsizlikdan 1050 raqami orqali Toshkent shahar hokimligi qoshidagi qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi. Oradan yarim soat o‘tib qutqaruvchilar yetib keldi va ayolni chiqarib olish bo‘yicha operatsiyani boshladi.

Maxsus anjomlar yordamida ikkinchi va uchinchi qavat o‘rtasida to‘xtab qolgan lift eshigini ochish va ayolni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Deyarli 5 soat davomida qamalib qolgan ayol ko‘zida yosh bilan qutqaruvchilarga minnatdorlik bildirdi.

Qutqaruv xizmati xodimlarining aytishlaricha, bu kommunalchilar o‘rniga ularning vazifasini bajarishga to‘g‘ri kelayotgan birinchi holat emas.

“Vaqti-vaqti bilan xizmat doiramizga kirmaydigan chaqiriqlarga ham borishimizga to‘g‘ri keladi. Odatda avariyalar, yo‘l-transport hodisalari, yong‘inlar va boshqa favqulodda holatlarga yuz berganda ishga kirishamiz. Biroq keksa inson liftda bir necha soat qolib ketganini aytishganda, bunga befarq qarab turolmadik”, — deya ta’kidladi qutqaruvchilardan biri.

Mahalliy aholi 1055 xizmati hech qachon chinakamiga yordam bermaganidan shikoyat qilmoqda. Buyurtmalar qabul qilinadi, qayergadir yetkaziladi, biroq muammo hal etilmay qolib ketadi, Qoraqamish dahasida yuz bergan ayanchli holat kabi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 19:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют