» » Britaniyalik parkovka uchun o‘z mashinasi narxidan 17 marta balandroq jarima to‘laydi

Britaniyalik parkovka uchun o‘z mashinasi narxidan 17 marta balandroq jarima to‘laydi


Buyuk Britaniyaning Birmengem shahri fuqarosi parkovka uchun tortilgan jarimalari summasi uning mashinasi narxidan ham oshib ketdi, deb yozadi “Motor”. Yarim yil davomida avtoturargoh uchun pul to‘lamagani tufayli, britaniyalik 2600 funt sterling (taxminan 3200 dollar)ga tushadi.

Noma’lum kimsa o‘zining 16 yillik Hyundai Coupe avtomobilini Kings Xit tumanida pulli turargohda qoldirib ketgan. Kupening egasiga nisbatan har biri 100 funtlik 26 ta jarima rasmiylashtirilgan. Bunday avtomobil Buyuk Britaniyaning ikkilamchi bozorida taxminan 150 funtga sotiladi.

Yaqin oradagi do‘konlar xodimlari ta’kidlashicha, yarim yil ichida qoidabuzar biror marta ham kelmagan, va mashinasini olib ketish niyati ham yo‘qqa o‘xshaydi. Hozir uni politsiya qidirmoqda.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют