» » Samarqand shahar hokimligi eri xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan ayolni yarashtirmoqchi

Samarqand shahar hokimligi eri xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan ayolni yarashtirmoqchi


Internetda Samarqand shahrida yashovchi Mustahkam ismli ayolning doimiy ravishda turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanib kelishi haqida videolavhalar tarqaldi. Ushbu holat jamoatchilik tomonidan keskin muhokama qilinmoqda va Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati ham vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda.

“Hozirda ayolga tibbiy, ruhiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ruhshunos mutaxassis har kuni u bilan muloqot olib borib, tegishli muolajalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, unga va farzandlariga tibbiy ko‘mak ko‘rsatilib, vaqtincha yashashi uchun sharoit yaratilgan. Tergov-surishtiruv ishlari davom etayotgani, unga tazyiq yoki biror-bir tahdidlar o‘tkazilishining oldini olish uchun ayolning qayerda ekanligi haqida ma’lumotlar ochiqlanmagani ma’qul.

Ayolning oilasi, mahallasiga borib, vaziyatni o‘rgandik. Oilasi, qaynona-qaynotasi kelini haqida juda yaxshi fikrda. Ularning aytishicha, o‘sha kuni kelini ogohlantirmay qarindoshinikida qolib ketgan. Janjal shundan kelib chiqqan”, — deydi Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova.

“Ayol bir necha yildan beri tahqir, xo‘rlanishlar ostida yashab kelsa-da, biror marta na mahallaga, na boshqa tashkilotga murojaat qilmagan. Shuning uchun mahallada bu oila notinch oila sifatida ro‘yxatda turmaydi”, — deyiladi Samarqand shahar hokimligining izohida.

Mustahkamning eri tomonidan kaltaklanishi oilaning uyidagi kamerada yozilgan. Ayol videoyozuvlarni ko‘chirib olganidan keyin video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan. Qayd etilishicha, ayolning uyda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklanishi anchadan buyon muttasil takrorlanib turgan. Mazkur video 22-avgust kuni tarqalgan. 23-avgustda IIB xodimlari oila yashaydigan xonadonga borganida ayol og‘ir ruhiy tushkunlikda bo‘lgan.

Rafiqasini xo‘rlagan er esa tasvirlar internetda tarqalgach, qochib ketgan. 23-avgust kuni IIB xodimlari ma’lumot asosida Toshkentga kelib, Mustahkamning erini qo‘lga olgan va u 24-avgust kuni Samarqandga olib ketilgan.

Mustahkamning taqdirini yaqindan kuzatib, o‘rganib, yoritib kelayotgan o‘zbekistonlik bloger Aqida Hanum 3-sentabr kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasida Mustahkamning iltimosiga ko‘ra, u bilan jonli efirda suhbatini va murojaatini bo‘lishgan. Unda Mustahkam turmush o‘rtog‘ining sevgan ayoli borligini, unga 16 yoshlik vaqtida turmushga chiqqani, 8 yillik turmushi davomida eri uni yetim ekanidan foydalanib, muttasil kaltaklagani, ishlatilgan pampersni majburlab yedirganini aytgan.

Geplaatst door Aqida Hanum op Woensdag 2 september 2020

Bundan tashqari, Mustahkam blogerga hokimlik uni eri bilan yarashtirmoqchi ekanini, o‘zi buni istamasligini aytib, yordam so‘rab SMS yozgan.

Blogerning navbatdagi jonli efirida ma’lum qilinishicha, Mustahkamning qaynotasi kelinini o‘g‘li bilan yarashtirish uchun muayyan mansabdorlarga pul bergan va ishni “bosdi-bosdi qilmoqchi”. Aqida Hanum qaynota “Samarqandning boylaridan ekanini”, uning singlisi Dubayga qizlarni sotishini, jabrdiyda qizlar ularning ustidan tegishli organlarga ariza yozganida tahdidga uchraganini, hozirda qaynota kelinidan uzr so‘rab SMS yozgani, ammo unga uy olib berish niyati yo‘qligini ham aytib, “uyaling qaynota” deb aytgan. Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilarining vaziyatni bila turib, Mustahkamni eri bilan yarashtirmoqchi ekanini “sharmandalik” deb atagan.

Mustahkam Aqida Hanumga telefon qilib, qaynotasi uni izlayotganini, ayolga “eshiklarni qulflab o‘tiring” degan ogohlantirish kelganini aytib, xavotirini bildirgan.

Voqea yuzasidan ko‘plab o‘zbekistonliklar va xorijda yashayotgan fuqarolar pul yig‘ishni va Mustahkamga uy olib berish fikrini ilgari surib, blogerdan Mustahkamni Toshkentga olib kelishini so‘ragan. Ammo hozirda tergov jarayonlari ketayotgani sabab bloger Mustahkamni Samarqanddan olib chiqib ketishning iloji yo‘qligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova ham Mustahkam bilan uchrashib, qo‘li gipsda bo‘lgan Mustahkamni agentlik ko‘magi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganini, ammo u hozirda stressda ekani haqida Faceboook’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Mustahkamning eriga qat’iy qonuniy chora ko‘rilsa, bunday holatlar soni kamayishini ham ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 01:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют