» » NASA Oyga eltuvchi eng qisqa yo‘lni patentladi

NASA Oyga eltuvchi eng qisqa yo‘lni patentladi


NASA mutaxassislari Oyga maksimal darajada tez va oson yetib borish usulini o‘ylab topdi va uni patentladi. Yangi trayektoriya 6 oylik yo‘lni 2,5 oyga qadar qisqartiradi, deb yozadi Science Alert.

Yangi yo‘nalish nafaqat yoqilg‘ini tejaydi, balki bortga ko‘proq ilmiy texnikalarni olishga imkon beradi.

Orbitadagi qulay trayektoriyadan tadqiqot missiyalarida foydalaniladi.

Bir qarashda Yerdan Oyga uchish yo‘nalishining patenti g‘alati ko‘rinishi mumkin, ammo NASA olimlari bunga izoh berishicha, bu uzoq vaqt davomida aniq tahlillar hamda modellashtirish davomida yaratilgan ixtiro bo‘lib, u intellektual mulk hisoblanadi.

Avvalroq NASA’ning Oyni tadqiq etish borasidagi Artemis (“Artemida”) dasturi doirasida bir necha yildan so‘ng ayol-astronavt Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Yaponiya va NASA Oyni birgalikda o‘zlashtirishni kelishib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют