» » DTM javobi bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilganiga izoh berdi

DTM javobi bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilganiga izoh berdi


Davlat test markazi internetda tarqalayotgan ayrim javoblar varaqalarida bo‘yalmagan yoki barcha javoblar bo‘yalgan bo‘lsa-da, ball berilgan holatlarga izoh berdi.

“Ushbu holatda hech qanday qonun buzilishi aniqlanmadi. Bunda abituriyent tomonidan rasmda ko‘rinib turgan savollarga nisbatan e’tiroz bildirilgan va unga mos doiracha bo‘yalmasdan qoldirilgan. E’tirozni o‘rganish natijasida abituriyentning e’tirozi asosli topilib, unga ball berilgan.

Ta’kidlash kerakki, shundan so‘ng e’tirozli deb topilgan shu savol qaysi test topshiriqlari kitoblarida tushgan bo‘lsa, barchasiga ball berilgan. Tegishli doiracha bo‘yalmagan yoki o‘sha savolning barcha doirachalari bo‘yalgan bo‘lsa ham”, – deyiladi DTM izohida.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu holatga o‘z munosabatini bildirgan.

“Soddaroq tilda tushuntiradigan bo‘lsam, DTMning savollar kitobidagi o‘sha savolda nuqson bo‘lgan. Misol uchun, savol berilgan-u, lekin texnik xatolik sabab javoblar chop etilmay qolgan bo‘lishi mumkin. Yoki savolning yarmi bor-u, yarmi yo‘q, yoxud savol boshqa, unga berilgan variantlar umuman boshqa.

Xullas, savollar mana shunaqa texnik xatolik bilan chop etilgan bo‘lsa, qaysidir abituriyent shikoyat qilgan. Nazoratchilar tekshirib ko‘rib, haqiqatan savol-javobda texnik xatolik borligi haqida dalolatnoma tuzishgan.

Keyinchalik DTM ham qayta tekshirib, texnik xatoligi bo‘lgani uchun o‘sha savolga ball bergan. Bu ijtimoiy adolat jihatdan to‘g‘ri qaror, sababi DTM xatosi uchun abituriyent javob bermasligi kerak.

Va eng qizig‘i, xuddi o‘sha savol qaysi abituriyentlarga tushgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasiga ball berilgan. Hammasini bo‘yagan bo‘lsa ham, ochiq qoldirgan bo‘lsa ham, qaysidir bitta variantni belgilagan bo‘lsa ham, farqi yo‘q, o‘sha xato savolga hammaga ball berilgan.

Hurmatli abituriyentlar. Javobni bo‘sh qoldirsa yoki hamma variantni belgilasa, ball berilar ekan, degan maslahatlarga ishonib yurmang. Bunaqa emasligini internetda tarqagan rasmlardan ham ko‘rsa bo‘ladi. 60 ta bo‘sh qoldirilgan katakdan faqat bittasiga, texnik nuqsoni bor savolgagina ball berilgan. Shuning uchun bunaqa qing‘ir usullarga emas, o‘z bilimingizga ishoning”, – deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Avvalroq internetda imtihon partasi ostiga narsa qo‘yib ketgan guruh nazoratchisining videosi tarqalgan, DTM mazkur holatga izoh berib, guruh nazoratchisi parta tagiga telefon yoki shu kabi biror qurilma emas, balki tibbiy niqobini qo‘yganini bildirgandi. Shuningdek, DTM 2—3-sentabr kungi test sinovlarida test savollarining rasmi internetda tarqalgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют