» » Eronlik kurashchi norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun o‘lim jazosiga hukm etildi. UFC prezidenti va Donald Tramp uni himoya qilmoqda

Eronlik kurashchi norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun o‘lim jazosiga hukm etildi. UFC prezidenti va Donald Tramp uni himoya qilmoqda


Eronlik kurashchi, mamlakat chempioni Navid Afkari 2018-yilda Eron iqtisodiy siyosatiga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashgani uchun o‘limga hukm etildi.

TMZ’ning xabariga ko‘ra, 27 yoshli sportchi ikkita o‘lim jazosi va 74 darra urish jazosiga hukm etilgan. Shuningdek, u bilan birga uning ikki ukasi Vohid va Habibga ham sud hukmi o‘qilgan. Ularning biri 54 yilga, ikkinchisi esa 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qayd etish joiz, avvalroq MMA janglarini tashkil etish bilan shug‘ullanadigan UFC promousheni prezidenti Deyna Uayt Eron hukumatini Afkarini ozod qilishga chaqirgandi va buning uchun u AQSh prezidenti Donald Trampdan yordam so‘ragandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют