» » Tramp: Politsiyachining qotili o‘lim bilan jazolanishi kerak

Tramp: Politsiyachining qotili o‘lim bilan jazolanishi kerak


AQSh prezidenti Donald Tramp politsiya xodimini o‘ldirganlarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanishi zarurligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

AQShning 31 shtatida o‘lim jazosi amalda. Ayni vaqtda, harbiy va federal sudlar butun mamlakat miqyosida o‘lim jazosi bo‘yicha hukm chiqarishi mumkin.

“Men bugun bizning politsiyamizga nisbatanga zo‘ravonlik qilayotganlarni ogohlantirmoqchiman: bizni himoya qilayotganlarni biz ham himoya qilamiz va politsiya xodimlarini o‘ldirgan jinoyatchilar o‘lim jazosiga hukm qilinishi kerak, deb hisoblaymiz”, — dedi Tramp.

AQSh prezidentining qayd etishicha, 2016-yil davomida politsiyachilar butun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha har 10 daqiqada hujumga uchragan. “Bunday aksilpolitsiyaviy kayfiyat xato va xavfli, biz bunday odamlarga qarshi kurashamiz”, — dedi AQSh prezidenti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda AQShda 2,9 ming kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan va jazoning ijro etilishini kutmoqda.

Опубликовано: admin (17-12-2017, 00:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют