» » Argentinada 30 ga yaqin sobiq harbiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Argentinada 30 ga yaqin sobiq harbiy umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Argentina sudi mamlakatning sobiq harbiylariga chiqarilgan hukmni e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Harbiylar 1976—1983-yillardagi harbiy diktatura davrida amalga oshirilgan insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun jazolandi.

Xususan, 29 ta umrbod qamoq jazosi chiqarildi. Ularga hukm etilganlar orasida mamlakat harbiy-dengiz kuchlari maktabidagi qamoqxona mahbuslariga nisbatan ommaviy repressiyalarda ayblanganlar bor.

5 yil davom etgan va 900 kishi guvoh sufatida chaqirilgan sud jarayonida sobiq harbiylarga nisbatan “o‘lim parvozlari”ni amalga oshirilganlik aybi ham qo‘yildi. Jumladan, 1977-yil dekabrida shunday parvozni bajargan va okeanga 10 dan ortiq kishini uloqtirgan samolyot uchuvchisiga umrbod qamoq jazosi berildi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют