» » Misr sudi Qatar foydasiga josuslikda ayblangan sobiq prezident Mursiyga chiqarilgan umrbod qamoq hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi

Misr sudi Qatar foydasiga josuslikda ayblangan sobiq prezident Mursiyga chiqarilgan umrbod qamoq hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi


Misr apellyatsiya sudi Qatar foydasiga josuslikda ayblanib, umrbod qamoq jazosi chiqarilgan sobiq prezident Muhammad Mursiyga nisbatan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sud Mursiy tomonidan berilgan apellyatsiyani qondirmadi va mamlakatda 25 yilga teng bo‘lgan umrbod qamoq jazosi haqidagi hukmni tasdiqladi.

Mazkur ish bo‘yicha ayblangan “Musulmon birodarlar” uyushmasining uch nafar a’zosiga chiqarilgan oliy jazo haqidagi hukm ham o‘zgarishsiz qoldi. Sud qarori tasdiq uchun mamlakat muftiysiga yetkazildi.

Qatar foydasiga josuslikda jami 11 kishi ayblangandi. Sud jarayoni 1,5 yil davom etdi va ushbu vaqt mobaynida 100 ga yaqin yig‘ilish o‘tkazildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют