» » Tramp sudning dezertir Bergdal borasidagi hukmini “to‘liq sharmandalik” deya atadi

Tramp sudning dezertir Bergdal borasidagi hukmini “to‘liq sharmandalik” deya atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp 3-noyabr, juma kuni sudning serjant Boui Bergdalni dezertirligi uchun qamoq jazosiga mahkum qilmagani borasidagi hukmini keskin tanqid qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Serjant Bergdal borasida qaror — bu mamlakatimiz va qurolli kuchlarimizning to‘liq sharmandaligi”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Avvalroq, sud 2009-yilda Afg‘onistondagi xizmati vaqtida dezertirlikni amalga oshirgan Bergdal sharmanda qilinib, qurolli kuchlar safidan chiqarib yuborilishi bo‘yicha hukm chiqargan edi, biroq unga qamoq jazosi bermagan.

Bergdal 2009–2014-yillarda “Tolibon” jangarilari qo‘lida tutqun bo‘lgan. AQSh harbiy rahbariyati serjantni radikal harakatning bir qancha asir jangarilariga almashtirishga kelishib olib, uni qutqargan. Ammo shundan keyin Bergdal dezertirlik qilganini, ya’ni armiya safidan qochganini tan oldi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют