» » Toshkentda soxta sertifikat bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda soxta sertifikat bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilot sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura “Daryo”ga.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida fuqarolar S.A., F.Y. va X.A. test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va sertifikatning muayyan darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilganligidan foydalanish maqsadida, www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.A., F.Y. va X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют