Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan deputatlik o‘rinlari uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
20-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan beshta deputatlik o‘rinlari uchun qayta saylov jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq 25 nomzod Jo‘qorg‘i Kengesda bo‘sh qolgan 5 ta deputatlik o‘rni uchun kurash olib boradi.
Nukus shahri bo‘yicha (4-sonli “Y.Alako‘z” saylov okrugi) nomzodlar:
Ellikqal’a tumani bo‘yicha (20-sonli “Sarabiy” saylov okrugi) nomzodlar:
Beruniy tumani bo‘yicha (25-sonli “Navbahor” saylov okrugi) nomzodlar:
Qo‘ng‘irot tumani bo‘yicha (49-sonli “Qo‘ng‘irot” saylov okrugi) nomzodlar:
Qorao‘zak tumani bo‘yicha (63-sonli “Qorako‘l” saylov okrugi) nomzodlar:
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan 5 ta deputatlik o‘rni uchun saylov bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida avgust oxirlarida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda pandemiya vaqtida bo‘shab qolgan 85 deputatlik o‘rni uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida 65 nafar deputat faoliyat olib boradi. Ayni paytda kengashda 5 ta deputatlik o‘rni bo‘sh qolmoqda.
Manba: Daryo.uz