» » AQShda hasharotlar General Motors’ning 3 mingga yaqin yangi avtomobillari bo‘yog‘iga shikast yetkazdi

AQShda hasharotlar General Motors’ning 3 mingga yaqin yangi avtomobillari bo‘yog‘iga shikast yetkazdi


Suv havzalari yaqinida yashovchi unchalik katta bo‘lmagan qanotli hasharotlar GM konserniga tegishli uch mingga yaqin yo‘ltanlamasning bo‘yoqli qoplamasiga zarar yetkazgani aniqlandi, deb xabar beradi Motor.

Qisqaumrlilar (bir yoki bir necha kun yashovchi hasharot) butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Ular, asosan, suv yaqinida yashab, qisqa umri davomida aqlbovar qilmas darada ko‘p tullaydi, biroq odatda bu atrofdagilarga muammo tug‘dirmaydi. Ammo ta’kidlanishicha, ular Chevrolet Tahoe va GMC Yukon yangi yo‘ltanlamaslarining bo‘yog‘iga shikast yetkazgan. 2600 dan ortiq avtomobil qisqaumrlilarning yopishqoq terisi bilan qoplangan. Yo‘ltanlamaslarning barchasi Texas shtatidagi Arlington zavodida ishlab chiqarilgan va yig‘ishdan so‘ng shu nomdagi ko‘l yaqinida saqlangan.

General Motors muammoni tezda payqamasdan, dilerlarga hasharotlardan qolgan dog‘li 100 ga yaqin avtomobilni yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, qisqaumrlilar terisi bilan Chevrolet Tahoe va GMC Yukon yo‘ltanlamaslari kapotlari qoplangan, biroq yopishib qolgan hasharotlarni xromlangan diskalar, oyna va kuzovda ham uchratish mumkin.

Bo‘yoqdagi hasharotlarni tozalab tashlash uchun rasmiy dilerlar byulletenga ko‘ra, har bir avtomobil uchun 2,5 soat vaqt sarflaydi: hasharot qoldiqlari maxsus shampun bilan yuviladi, shundan so‘ng kuzov tozalanib, polirovka qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют