» » Turk OAVda O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurashi “boshqa mamlakatlarga o‘rnak bo‘layotgani” haqida maqola e’lon qilindi

Turk OAVda O‘zbekistonning koronavirusga qarshi kurashi “boshqa mamlakatlarga o‘rnak bo‘layotgani” haqida maqola e’lon qilindi


Turkiyaning Bursa Hakimiyat saytida 7-sentabr O‘zbekiston koronavirusga qarshi qanday kurashayotgani haqida material e’lon qilindi.

Materialda O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida so‘nggi o‘rinda turgani, koronavirus o‘limlari darajasi “dunyo bo‘yicha eng past” ekani, mamlakatda vaziyat bir qadar yaxshiligi haqida so‘z boradi.

Koronavirusga chalingan, ahvoli o‘rta og‘ir darajadagi bemorni davolash uchun 32,3 million so‘m, reanimatsiyadagi bemor uchun 64,4 million so‘m so‘m sarflanayotgani, COVID-19 bemorlari uchun minglab koyka-o‘rinlar tashkil etilgani tilga olingan.

Bundan tashqari, materialda koronainqiroz davrida O‘zbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyot va aholini, ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani va ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berilgan.

Turk tilidagi materialning to‘liq shakli bilan bu yerda tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют