» » Navoiyda 800 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiyda 800 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi


Davlat ekologiya qo‘mitasi, Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar 2020-yil 2-3 sentabr kunlari Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, tabiat qo‘yniga 800 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Dubay amirligi tomonidan tashkil etilgan hamda moliyalashtiriladigan Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazida ko‘paytirilgan.

Markaz 2008-yilda o‘z faoliyatini boshlagandan buyon jami 14 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat bag‘riga uchirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009-yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda 2040 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют