» » Foto: O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Foto: O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi


2382 ta yo‘rg‘a tuvaloq mart oyida Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qushlarni ozodlikka chiqarish Davlat ekologiya qo‘mitasi va ovchilik turizmi bilan shug‘ullanuvchi Falcon Hunting Solutions kompaniyasi bilan hamkorlik bitimi asosida amalga oshirilgan.

2006-yildan beri Navoiy va Buxoro viloyatlarida ikkita markaz bor. Ular yovvoyi tabiatda ushbu turning sonini ko‘paytirish uchun yo‘rg‘a tuvaloqlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ikkala markazdan jami 16320 qush chiqarilgan.

Ushbu qush 2009-yil O‘zbekistonning Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va diapozoni 1960-yillardan boshlab kamayishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют