» » O‘zbekistonda 19 ta lochin tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi (video)

O‘zbekistonda 19 ta lochin tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi (video)


25-mart kuni Toshkent viloyati hududida O‘zbekiston va Tabiat muhofazasi xalqaro ittifoqi Qizil kitoblariga kiritilgan itolg‘i lochinlarining 19 tasi tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi, deb yozadi “Review.uz”.

Yirtqich ov qushlari 2016-yil avgustida O‘zbekiston hududiga Qozog‘istondan noqonuniy olib kirishga urinish chog‘ida chegara xizmati xodimlari tomonidan musodara qilingan va O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat biologik nazorat inspeksiyasiga topshirilgan edi.

Jonivorlar inspeksiyaga topshirilgan vaqtda ularning ahvoli qoniqarsiz deb topilgan edi, qushlarni o‘sha paytda tabiatga qo‘yib yuborish ularning hayotini xavf ostida qoldirar edi. Shu tufayli, zaiflashgan va stress ostidagi qushlar qo‘riqxonaga vaqtinchalik joylashtirilgandi.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют