» » Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida ayblanganlarga tayinlangan o‘lim jazosi qamoq jazosi bilan almashtirildi

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida ayblanganlarga tayinlangan o‘lim jazosi qamoq jazosi bilan almashtirildi


Saudiya Arabistoni sudi jurnalist Jamol Qoshiqchining o’limida ayblangan besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosini bekor qildi va uni 20 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yana bir kishiga 10 yillik, qolgan ikki kishiga esa yetti yillik qamoq jazosi berilgan.

Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, hukm yakuniy hisoblanadi. Hukm qilinganlarning ismlari ma’lum qilinmagan.

Ta’kidlanishicha, Qoshiqchining o‘limi sababli sudlangan besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosi jurnalistning o‘g‘illari so‘roviga asosan qamoq jazosiga almashtirilgan. 2020-yilning may oyida jurnalistning o‘g‘illari otasining o’limida aybdor bo‘lganlarni kechirishini ma’lum qilgan.

Vashingtondagi Arab markazi vakili, Qoshiqchining do‘sti Xalil Jahshanning tushuntirishicha, Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, qurbonning oilasi tomonidan bildirilgan kechirim jazoni yengillashtirish uchun rasmiy sabab hisoblanadi. Biroq jurnalistning do‘sti Qoshiqchining o‘g‘illari aybdorlarni kechirish haqida o‘z ixtiyori bilan ma’lum qilganiga shubha bildirgan.

Jamol Qoshiqchi The Washington Post jurnalisti bo‘lgan va o‘z maqolalarida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan. U 2018-yilning oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida o‘ldirilgan. Uning jasadi hozirgacha topilmagan.

Turkiya hukumati, AQSh Senati va Markaziy razvedka boshqarmasi jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruqni Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon berganligini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa jurnalistning o’limini kuch tuzilmalarining shaxsiy tashabbusi deb atagan.

Jinoyatda gumonlanganlar Saudiya Arabistoni sudiga topshirilgan. 2019-yilning dekabr oyida ularning besh nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana uch nafariga tayinlangan qamoq jazosining umumiy muddati 24 yilni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют