» » AQSh Jamol Qoshiqchining o‘limi sababli 16 nafar saudiyaliklarga mamlakatga kirishni taqiqladi

AQSh Jamol Qoshiqchining o‘limi sababli 16 nafar saudiyaliklarga mamlakatga kirishni taqiqladi


AQSh jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida aloqador hisoblab, Saudiya Arabistonining 16 nafar fuqarosiga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Saudiya Arabistoni hukumatining harakatini tanqid qilgan The Washington Post gazetasi kolumnisti Jamol Qoshiqchi 2018-yilning 2-oktabrida Istanbuldagi general konsullik binosiga kirib ketganidag so‘ng bedarak yo‘qolgan. Jurnalist u yerga Turkiya fuqarosi bilan nikohlanish uchun zarur hujjatlarni olish uchun kelgan.

Turkiya prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist o‘ldirilib, uning tanasi bo‘laklaga bo‘lib yo‘q qilingan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruq Saudiya Arabistoni hukumatining “eng yuqori darajasi” tomonidan chiqarilganini aytgan.

Saudiya shahzodasi esa bu ayblovni rad etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют