» » Saudiyada jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha AQSh ayblovi rad etildi

Saudiyada jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha AQSh ayblovi rad etildi


Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi qirollik siyosatini ifodalamasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Saudiya Arabistoni Qo‘shma Shtatlar senati tomonidan ilgari surilgan qirollik ichki ishlariga aralashuvni o‘z ichiga olgan, xalqaro va hududiy nufuziga putur yetkazadigan da’volarni inkor etadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik AQSh bilan munosabatlarini rivojlantirishda davom etishini, ammo valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga qaratilgan ayblov va hurmatsizlikni inkor etadi.

Vazirlik AQSh senatining pozitsiyasi qirollikning butun dunyo va Yaqin Sharqdagi mavqeyiga ta’sir qilmasligini qayd etdi.

Avvalroq, AQSh Senati Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini jurnalistning o‘limida javobgar ekanligiga ishonchi bildirib rezolyutsiya qabul qilgandi.

Senatorlar tomonidan jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq ar-Riyod bayonoti AQSh va qirollik o‘rtasidagi do‘stona munosabatni yo‘qqa chiqargani ta’kidlandi. Ular shuningdek, jurnalist o‘limida aybdorlar o‘z jazosini olishi kerakligini talab qildi.

Vashington Post sharhlovchisi Jamol Qoshiqchi 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga kirganidach g‘oyib bo‘lgan. Turkiya hukumati uning o‘limida 15 nafar saudiyalikni ayblamoqda.

Dastlab ar-Riyod uning o‘limini inkor qildi, ammo keyinchalik jurnalistning o‘limi tan olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют