» » Saudiya bosh prokuraturasi Qoshiqchi qasddan o‘ldirilgan deb topdi

Saudiya bosh prokuraturasi Qoshiqchi qasddan o‘ldirilgan deb topdi


Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi jurnalist Jamol Qoshiqchi mamlakatning Istanbuldagi konsullikda qasddan o‘ldirilgan deb topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Turkiya rasmiylaridagi ma’lumotlar Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilinayotganlar qasddan harakat qilganini ko‘rsatadi”, — deyiladi bayonotda.

Xabarda aytilishicha, Turkiya-Saudiya qo‘shma guruhi to‘plagan ma’lumotlar asosida tergov ishlari davom ettiriladi.

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi Washington Post gazetasi (AQSh) sharhlovchisi bo‘lib, 2017-yildan buyon AQShda istiqomat qilardi. U 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi.

20-oktabr kuni Saudiya Arabistoni bosh prokurori Qoshiqchi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyani oshkor etdi. Ish yuzasidan 18 kishi ushlanib, so‘roq qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют