» » #Instasurat: Malibu’larga yarashgan Jalolov, mashg‘ulotlarga qaytganidan baxtiyor Ronaldu va o‘zgarmas Chusovitina

#Instasurat: Malibu’larga yarashgan Jalolov, mashg‘ulotlarga qaytganidan baxtiyor Ronaldu va o‘zgarmas Chusovitina


“Daryo” dunyo va o‘zbek sporti yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi.

Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotlariga qaytganidan baxtiyorligini aytgan Krishtianu Ronaldu

Qayd etish joiz, Ronaldu oyog‘idagi barmog‘iga tushgan infeksiya sabab Portugaliyaning Xorvatiyaga qarshi o‘yinida maydonga tushmagan edi.

Lionel Messining “polaponlari” — Tiago, Mateo va Chiro

Yangi hafta boshlanishi bilan hamma omad tilagan va mashg‘ulotlarda tinmayotgan Isroil Madrimov

Malibu’lar yarashib turgan yigitni tanigan bo‘lsangiz kerak-a? Boks bo‘yicha Jahon chempioni Bahodir Jalolov yigitni balandparvoz so‘zlar emas, balki to‘g‘ri amallarigina bezashini ta’kidlamoqda

Bryus Liga havas qilayotgan Shahram G‘iyosov AQShda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Navbatdagi jang uchun raqib kutib charchagan Bektemir Meliqo‘ziyev. Uning zarbalari kuchidan raqiblar ham qo‘rqib qolgan, shekilli

Jangga tayyorligini zarbalari bilan ko‘rsatayotgan Shohjahon Ergashev. O‘zbekistonlik bokschi 21-sentabr kuni professional ringda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Raqib hozircha noma’lum

O‘zbekistonda tug‘ilgan professional bokschi Botir Ahmedov 7-sentabr tongida filippinlik Rey Peresni 1-raunddayoq nokautga uchratdi. U jangdan so‘ng barcha qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga va yaqinlariga tashakkur bildirdi. Nokaut videosi bu yerda ? (ko‘rish)

Eslatib o‘tamiz, Botir Ahmedov harakat qilayotgan professional boksning super yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik yana ikki bokschi bor. Bular — Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev. WBA reytingida ushbu bokschilar ketma-ketlikda joylashgan: Botir Ahmedov — 5-o‘rinda, Shahram G‘iyosov — 6-o‘rinda, Shohjahon Ergashev esa 7-pog‘onadan o‘rin olgan.

“Yuventus”ga o‘tishi kutilayotgan Luis Suares esa “Barselona” mashg‘ulotlarida ter to‘kib mehnat qilmoqda

Ispaniya terma jamoasi safida debyut golini urgan Ansu Fati yana shunday imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun mehnat qilishda davom etishini yozib qoldirdi

Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi safida gol urgan tarixdagi eng yosh o‘yinchi bo‘ldi

Eng sara gollar @Gol_Video Telegram kanalida berib boriladi.

Ispaniya terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi bahsda dublga erishgan Serxio Ramos erishayotgan natijalaridan baxtiyor

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida Alfredo di Stefanoning natijasini takrorladi

Habib Nurmagomedov amakivachchasi Usmonga omad tiladi. Usmon 9-sentabr kuni marhum Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga atab o‘tkaziladigan GFC musobaqasida ishtirok etadi

Janubiy Koreyada to‘p tepayotgan Rustam Ashurmatov Seuldagi kutubxonalardan biriga boribdi

Navbatdagi janglari uchun mashg‘ulot o‘tayotgan Islom Maxachev va Zubayra Tuxugov rasmga tushish uchun ham vaqt topdi

Doimgidek go‘zal va maftunkor Oksana Chusovitina



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют