» » Rasman: Xames Rodriges “Everton” futbolchisiga aylandi

Rasman: Xames Rodriges “Everton” futbolchisiga aylandi


“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini “Everton” klubida davom ettiradi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kolumbiyalik futbolchi “Everton” bilan “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolagan. Avvalroq transfer 25 million yevroga baholangani xabar qilingandi.

Xames La Liga 2019/20-yilgi mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Xames madridliklar safiga 2014-yilda “Monako”dan kelib qo‘shilgandi. Orada u ikki mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazdi.

Futbolchining ingliz klubiga o‘tishida asosiy omil “Everton” ustozi Karlo Anchelotti bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis Xames bilan “Real” va “Bavariya”da birga ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 00:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют