» » Kadastr organlarining ayrim vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

Kadastr organlarining ayrim vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi


“Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra kadastr organlarining ayrim vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qaytarildi. Bu haqda Davyergeodezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Davyergeodezkadastr qo‘mitasi uzoq yillar davomida ushbu vazifani muayyan darajada bajarib keldi. Lekin, yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining yagona organda to‘planganligi yer resurslaridan oqilona foydalanishda manfaatlar to‘qnashuvini yuzaga keltirayotgan edi.

Kadastr organlari endilikda faqat yerning hisobini yuritish bilan shug‘ullanadi. Qishloq xo‘jaligi yerlarini rivojlantirish, xususan, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash, geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirish vazifalari ularning haqiqiy egasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Litsenziyalar bekor bo‘lyapti: bu bizga nima beradi?

2020-yil iyun oyida Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida vakolatli tashkilotlar tomonidan “Yerelektron” AAT orqali yer uchastkalarini olish uchun xulosa berishda 2,3 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

17-iyul kuni “Davyergeodezkadastr” tizimidagi 9 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, keyinchalik 24-iyulda 15 kun davomida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimidagi 34 nafar rahbar va xodim lavozimidan bo‘shatilgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 00:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют