» » Yana bir mamlakat xorijlik sayyohlar uchun chegaralarini ochdi

Yana bir mamlakat xorijlik sayyohlar uchun chegaralarini ochdi


Marokash milliy aviakompaniyasi mamlakat hududiga kirish uchun viza talab qilinmaydigan xorij davlatlarining fuqarolarining kirishiga ruxsat berilganini e’lon qildi. Mehmonxona yoki Marokash kompaniyasi taklifiga ko‘ra, joy band qilgan turistlarning ham mamlakat hududiga kirishiga to‘sqinlik qilinmaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Marokashga kirish uchun COVID-19’ga topshirilgan va manfiy natija ko‘rsatgan testni ko‘rsatish lozim. Mahalliy OAV axboroti bo‘yicha, sayyohlar va biznes-sayohatchilar Marokashga 10-sentabrdan kirishi mumkin. Shu kuni mamlakatdagi favqulodda holat tartibi ham tugatilishi rejalashtirilgan.

Shu tariqa sayyohlar yaqin vaqt ichida Afrika qit’asida joylashgan davlatga nafaqat tranzit orqali, balki ochiq aeroportga parvozni amalga oshirgan holda borishi mumkin. Ammo bu ularga anchayin qimmatga tushadi.

12-sentabrda Anqaradan Marokashga amalga oshiriladigan reys uchun ekonom chipta narxi taxminan 382 AQSh dollarini va biznes-klass qiymati esa taxminana 1 550 dollarni tashkil qiladi. Qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan reys narxi esa 315 dollarga teng.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют