» » Yevropa Ittifoqiga keladigan sayyohlarning mamlakatlari qizil, sariq va yashil toifalarga ajratilishi mumkin

Yevropa Ittifoqiga keladigan sayyohlarning mamlakatlari qizil, sariq va yashil toifalarga ajratilishi mumkin


Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamjamiyat ichida harakatlanishni yengillashtirish uchun umumiy svetofor tizimini qabul qilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Yevropa komissiyasi koronavirus pandemiyasi sharoitida ittifoq ichida harakatlanish boyicha yagona cheklovlar tizimini joriy qilishni taklif etdi. Ichki ishlar boyicha yevrokomissar Ilva Yoxanssonning malum qilishicha, ittifoq mamlakatlaridagi milliy qoidalarning xilma-xilligi haddan tashqari ortib ketgan va ular Yevropa ichida erkin harakatlanishga tosqinlik qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi bu muammoni svetofor tizimini joriy qilish orqali yechishni taklif qilmoqda. Bu tizimda mamlakatlar songgi 14 kunda aniqlanadigan COVID-19 holatlarining har 100 ming kishidagi ulushiga qarab uch guruhga bolinadi.

Ikki hafta ichida har 100 ming kishiga togri keladigan yangi holatlar soni 25 tani, musbat natijali testlar ulushi esa uch foizdan kamroqni tashkil qiladigan davlatlar yashil mamlakatlar qatoriga kiritiladi. Sariq hududlar qatoriga esa yangi kasallanganlar soni har 100 ming kishida 50 kishini, musbat natijali testlar ulushi esa uch foizdan ortiqni yoki aksincha, yangi holatlar soni 25 tadan 150 tagacha bolgan va musbat natijali testlar ulushi 3 foizdan past bolgan davlatlar kiradi.

Yangi kasallanish holatlari soni 50 tadan, musbat natijali testlar ulushi esa uch foizdan ortiq bolgan yoki yangi kasallanish holatlari soni oxirgi 14 kunda har 100 ming kishiga 150 tadan oshadigan davlatlar qizil hududlar qatoridan orin oladi.

Shuningdek, kulrang hududlar ham boladi. Har 100 ming kishida 250 tadan kamroq test otkazilgan yoki testlar va yangi holatlar haqida yetarlicha malumot bolmagan hududlar mazkur guruhga kiritiladi.

Yashil yoki sariq hududlardan keladigan sayyohlar uchun ittifoq hududiga kirish va harakatlanish boyicha hech qanday cheklov bolmaydi. Zarur hollarda ittifoq mamlakatlari sariq hududlardan kelayotganlar uchun parvozdan oldin yoki yetib kelgandan keyin COVID-19 testini topshirish shartini qoyishi mumkin.

Qizil yoki kulrang hududlardan keladiganlar uchun karantin yoki test topshirish majburiy boladi. Yevropa ittifoqi mamlakatlariga mazkur davlatlardan keladiganlarga nisbatan togridan-togri taqiq qoyishdan tiyilish tavsiya qilingan.

Kuzatuvchilarning fikricha, Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari ham bu tizimni qollab-quvvatlamaydi, bazi davlatlarda mezonlar juda qatiy hisoblanadi.

Bundan tashqari, songgi ikki haftada Yevropada COVID-19 bilan kasallanganlar soni ortdi. Ikki hafta avval otgan 14 kun uchun har 100 ming kishi orasidagi kasallanish holatlari soni 16 tani tashkil qilgan bolsa, hozirgi kunga kelib, bu korsatkich 46 taga yetgan.

Eslatib otamiz, Yevropa Ittifoqida 15-iyundan ichki chegaralardagi cheklovlarni olib tashlash boshlangandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-09-2020, 09:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -