» » Samsung shaffof ekranga ega smartfon yaratadi

Samsung shaffof ekranga ega smartfon yaratadi


So‘nggi yillarda smartfonlar bozorida bir necha yil oldin imkonsiz deya tasavvur qilingan dizaynli gadjetlar paydo bo‘lmoqda: korpus yoki ekran ostiga yashiringan frontal kamera, egiluvchan displey — ishlab chiqaruvchilar shakllar ustida yanada ko‘proq tajriba o‘tkazishni boshladi. Masalan, Samsung to‘liq shaffof ekranli gadjet yaratmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Janubiy Koreya giganti shaffof qurilmani ishlab chiqarish imkonini beradigan yangi texnologiyani patentladi. Shuningdek, ixtiro shaffof displeyli boshqa devayslarni ham ishlab chiqarish imkonini beradi: televizorlar, monitorlar, noutbuk va o‘yin konsollari.

Patentning katta qismi texnik jihatga bag‘ishlangan. Hujjatda shaffoflikka erishish uchun kerak bo‘ladigan turli qatlam va ehtiyot qismlari haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Qurilma ingichka hoshiya va katta shaffof ekranga ega. Aftidan, OLED-paneldan foydalaniladi, chunki displeyning bu turi shaffof yorqin panel bilan jihozlangan.

Samsung’ning mazkur qurilmasi haqida boshqa ma’lumotlar hozircha yo‘q. Bundan tashqari, Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu qurilma ustida rostdan ham ish boshlaganmi yoki shunchaki kelajak uchun patent olib qo‘yganmi — bu ham noma’lum.

Avvalroq Samsung bir marta quvvatlantirilganda 2 kun uzluksiz ishlaydigan smartfonni taqdim etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют