» » Sherzod Qosimov Superliganing 4 ta o‘yinidan chetlatilganini mutlaqo yolg‘on deb atadi. O‘FA hakamlar departamenti esa uning chetlatilganini tasdiqladi

Sherzod Qosimov Superliganing 4 ta o‘yinidan chetlatilganini mutlaqo yolg‘on deb atadi. O‘FA hakamlar departamenti esa uning chetlatilganini tasdiqladi


FIFA toifasidagi hakam Sherzod Qosimovning Superliga 11-turi doirasida kechgan “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” uchrashuvi (3:3) natijasiga ta’sir ko‘rsatadigan bahsli qarorlari sabab o‘yinlardan chetlatilgani haqida “Daryo” 7-sentabr, dushanba kuni xabar bergan edi.

“Daryo” manbasi O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi Qosimovni Superliganing to‘rtta uchrashuvidan chetlatish qarorini qabul qilgani va o‘yin uchun oladigan gonorarining 75 foizini ushlab qolgani haqida ma’lum qilgandi.

8-sentabr, seshanba kuni hakam Sherzod Qosimovning o‘zi “Championat.asia” saytiga xabar berib, chetlatilgani haqida xabarni mutlaqo yolg‘on deb atadi.

Superliganing to‘rtta o‘yinidan chetlatilganim haqidagi xabar mutlaqo yolg‘on. Hech kim meni chetlatgani yo‘q. Pro-Ligada nima uchun ishladim? Bugun-erta Qatarga uchib ketaman va Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida ishlayman. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun Pro-Ligada ishladim. Yolg‘on xabar tarqatganlarga xudo insof bersin”, — deydi Qosimov.

Nashr vaziyatga oydinlik kiritish O‘FA hakamlar departamenti rahbari Arslon Xotamovga murojaat qilgan.

Sherzod Qosimov Superliganing to‘rtta o‘yiniga chetlatilgan. Biroq bu chetlatish Osiyo Chempionlar Ligasidagi uning ishtirokiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi”, — deya javob bergan Arslon Xotamov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют