» » Ukrainada “Zaporojets” Zazerati “superkari”ga aylantirildi

Ukrainada “Zaporojets” Zazerati “superkari”ga aylantirildi


Ukrainada “Zaporojets” bazasida yaratilgan yana bir o‘ziga xos loyiha sotuvga qo‘yildi. Zazerati nomini olgan mashina poyga avtomobili uslubida qayta ishlangan, deb yozadi CARakoom.

“ZAZ-965A” massiv havo aylantirgichli yangi old bamper va to‘rtta tumanga qarshi fonarlarga ega “obves”ga ega bo‘lgan, g‘ildirak arkalari kengaytirilgan, yangi orqa bamper o‘rnatilgan.

Chuqur g‘ildirak diskalari, shuningdek, havo old yukxona tepasidagi havo panjarasini ko‘rish mumkin. Orqa tomoniga kichikroq spoyler va “ZAZerati” belgisi tushirilgan. Mashina kapoti ostida Volkswagen Golf’ning 1,7 litrli motori o‘rin olgan.

“Buni yaratish uchun ko‘p vaqt va pul sarflangan, shu sababli uning narxi ham shunga mos”, — deb yozadi e’lon muallifi.

Noodatiy Zazerati 7,5 ming dollarga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust boshlarida ideal holatda saqlangan “Zaporojets” yarim asr oldingi narxidan 86 barobar qimmatroqqa sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют