» » Quyoshdagi dog‘larning eng aniq ko‘rinishi suratga olindi

Quyoshdagi dog‘larning eng aniq ko‘rinishi suratga olindi


GREGOR teleskopi Quyoshdagi qora dog‘larning aniq tasvirini olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi The Indian Express.

Ispaniyaning Teyde orolida joylashgan observatoriya yil davomida teleskop optikasini qayta jihozlash bilan shug‘ullangan. Loyiha yakunlangach, astronomlar Quyoshning yanada yaqinlashtirilgan tasvirlarini ko‘ra boshlagan.

Yangi suratlar hozirga qadar mavjud eng katta tiniqlikda olingan. GREGOR teleskopi yulduz yuzasini 50 kilometr o‘lchamda suratga olish imkoniyatiga ega. Bu diametri 1,4 million kilometr keladigan quyoshning juda kichik qismi hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu xuddi futbol maydonidagi ignani bir metr uzoqlikdan ko‘rishga o‘xshaydi.

Yangi suratlarda quyosh dog‘lari evalyutsiyasi va yulduz plazmasi strukturasini ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: “Tepadan qaraganda yaxshiroq ko‘rinadi”. Kosmik hodisa va voqealar tasvirlangan eng yorqin suratlar

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Fanlar akademiyasi P.N. Lebedev nomli Fizika instituti Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari 2017-yilda Quyosh faolligi darajasini belgilaydigan dog‘lar keskin ravishda kamaya boshlaganini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют