» » Jizzaxda Cobalt 25 yoshli piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi

Jizzaxda Cobalt 25 yoshli piyodani urib ketdi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi


Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Cobalt yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 7-sentabr kuni soat 13:35 larda, Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan o‘tgan M-39 Termiz–Toshkent xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 957-kilometrida, haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan T.B. Cobalt rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Haydovchi piyodalar o‘tish joyi yaqinidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan. Oqibatda piyoda, 25 yoshli M.T. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Paxtakor tumani huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют