» » “Samoviy sarguzashtlar” seriali qahramonlari 24 yildan so‘ng (foto)

“Samoviy sarguzashtlar” seriali qahramonlari 24 yildan so‘ng (foto)


Kanada kinoijodkorlarining “Samoviy sarguzashtlar” ilmiy-fantastik seriali koinot haqidagi eng yaxshi kinoasarlardan biri sanaladi. 1996-yil 2-martdan efirga uzatilgan serial rejissorlar Peter David va Bill Mummi tomonidan suratga olingan. “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan hamda ko‘plab yosh tomoshabinlarga manzur bo‘lgan serial “Krista” nomli samoviy kemada uzoq sayohatni boshidan kechirayotgan bir guruh talabalar va ularning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Quyida serial qahramonlari 24 yil mobaynida qay darajada o‘zgargani haqida so‘z yuritiladi.

Harlan Band ? Yer sayyorasidan kelgan talaba, andromedaliklar bilan urushda halok bo‘lgan otasiga o‘xshashni orzu qiladi.

Uolter Jons ? 1970-yil 30-noyabrda Amerikaning Michigan shtatida tug‘ilgan. U bugungacha 60 dan ortiq film va seriallar, televizion shoularda ishtirok etib kelmoqda.

Radu ? Andromeda galaktikasidan kelgan talaba. U inkubatorda o‘stirilgani uchun oilasi yo‘q, shuningdek, juda kuchli eshitish qobiliyatiga ega.

Kristian Eyr ? 1977-yil 19-noyabrda Angliyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Kanadaga oilasi bilan ko‘chib boradi. U 1990-yillarning boshida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Unga “Samoviy sarguzashtlar” filmida ijro etgan Radu obrazi mashhurlik olib kelgan. Bundan tashqari, aktyor filmlarda suratga tushish va ovozlashtirish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Telma ? kemadagi odamsimon robot. Buyurilgan vazifani haddan tashqari tushunishi kulgili vaziyatlarga olib keladi, shuningdek, tez-tez buzilib turadi.

Anik Matern ? aktrisa 1963-yil 30-aprelda Kanadada tug‘ilgan. Matern aktrisa bo‘lishdan tashqari “Dynamic Theater Factory” asoschisi.

Katalina ? Saturn yo‘ldoshi Titandan kelgan talaba. Sochlari kamalak rangga bo‘yalgan ushbu qizning ovozi juda kuchli bo‘lib, qichqirig‘i bilan dushman texnikasini ishdan chiqara oladi.

Juel Steyt ? 1982-yil 2-iyunda Kanadada tavallud topgan. Yoshligidan filmlarda suratga tushish va modellik bilan shug‘ullangan. Aktrisaning bir nafar o‘gli bor. U OITS’ga qarshi dasturni faol qo‘llab-quvvatlaydi.

Bova ? peshonasida uranliklar uchun xos bo‘lgan elektr zaryad chiqaruvchi shoxi bor. Bovaning modda almashinuvi jarayoni odamlarnikidan ko‘ra tez ishlaydi, shuning uchun ham doimo ishtahasi karnay.

Raxi Azizi ? 1982-yil 14-dekabrda tug‘ilgan. Aktyorga “Samoviy sarguzashtlar” hamda “Kichkina shahzoda” filmi mashhurlik keltirgan.

Rozi Yanni ? merkuriylik talaba, o‘ta yuqori haroratda issiqlik chiqaradi. Kemada tabib vazifasini bajaradi. Ushbu rolni ijro etgan Peyj Kristina 1982-yil 21-sentabrda Kanadada tug‘ilgan va “Samoviy sarguzashtlar” serialidagi roli bilan tanilgan. Aktrisa “Teddy” ayiqchalarini yig‘ishni yoqtiradi, hozirda uning 100 dan ortiq yumshoq ayiqchalari bor.

Komandor Set Goddard ? sobiq harbiy zobit, bolalar murabbiyi. Aktyor Paul Boretski 1960-yil Angliyada kanadalik aktyor Piter Boretski va britaniyalik aktrisa Jenifer Fippsning oilasida dunyoga keldi. Bolaligida kanadaga oilasi bilan ko‘chib keladi. U aktyorlik faoliyatini dastlab teatrda boshlagan va keyinchalik film, seriallarda suratga tushgan.

Syuzi ? Katalinaning yaqin do‘sti. Bo‘yni ostidagi jabralari har qanday atmosferada nafas olishga yordam beradi. Shuningdek, telepatik qobiliyatga ham ega.

Rebekka Herbts ? aktrisa 1977-yil 12-mayda AQShda tug‘ilgan. U 1986-yildan aktrisalik faoliyatini boshlagan. 2001-yil 1-iyunda Aktyor Maykl Sosedo bilan oila qurgan va uch nafar farzandi bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют