» » “Real” La Liga tarixida ilk bor chempionlik nishoni bilan maydonga tushadi

“Real” La Liga tarixida ilk bor chempionlik nishoni bilan maydonga tushadi


“Real” libosida jamoa La Liganing amaldagi chempioni ekanini anglatuvchi maxsus belgi bo‘ladi. Bu haqda La Liga rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Bunaqasi madridliklar klubi tarixida ilk bor kuzatiladi. O‘yinchilar Ispaniya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumidagi barcha o‘yinlarda o‘z libosida mazkur nishon bilan harakat qiladi.

Bu tashabbusni La Liga ikki yildan beri ilgari surib keladi. “Barselona” 2017/18 va 2018/19-yilgi mavsumlarda sovrinni qo‘lga kiritdi. Katalon klubi ushbu nishondan foydalangan ilk jamoaga aylangandi.

Yangi belgi bilan “Real” futbolchilari ilk bor Primera 2-turi doirasida doirasida kechadigan 20-sentabr kungi “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda harakat qiladi. “Qaymoqranglilar” 1-turni Yevrokuboklardagi ishtirok sabab berilgan qo‘shimcha ta’til sabab keyinroq o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют