» » U pandemiyadan ozini asrolmadi. Ozmetkombinat boshqaruvi raisi 42 yoshda vafot etdi

U pandemiyadan ozini asrolmadi. Ozmetkombinat boshqaruvi raisi 42 yoshda vafot etdi


Ozmetkombinat aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko vafot etdi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi.

Malumot uchun, Sergey Vyunenko 1978-yilda Qozogistonning Pavlodar shahrida tugilgan. Yevrosiyo Innovatsion universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Qozogistonalyumin aksiyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik yirik metallurgiya korxonalarida turli masul lavozimlarda mehnat qilgan.

Sergey Vyunenko 2017-yildan boshlab Ozmetkombinat AJda ish boshlagan. Dastlab kombinat bosh muhandisi, boshqaruv raisining birinchi orinbosari, boshqaruv raisining ishlab chiqarish boyicha birinchi orinbosari, 2020-yildan esa Ozmetkombinat AJning boshqaruv raisi vazifalarida mehnat qilib kelgan.

SergeyAnatolyevichVyunenko Ozbekiston Respublikasida qora metallurgiya sanoati rivojiga katta hissa qoshdi. U oziga va korxona rahbar va mutaxassislariga juda talabchan edi. Uning rahbarligida ferroqotishmalar, polat simlar va boshqa turdagi metall mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, yirik investitsiya loyihasi Quyuv-prokatlashmajmuasiqurilishiishlari boshlandi.

Sergey Vyunenko metallurglarning farovonligi va turmush darajasini oshirishga alohida etibor qaratar edi. Sergey Vyunenko Toshkent viloyati aholisi qalbida malakali va tajribali rahbar sifatida abadiy qoladi, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullayev Sergey Vyunenkoni yod etib,kombinat raisi koronavirus oqibatida vafot etganini bilvosita takidlab otgan.

Pandemiyaning asoratlarini yengillatish uchun Sergey Anatolyevich nafaqat kombinatda, balki shahrimizda ham kop ishlarni amalga oshirdi. U yuzlab insonlar sogligini, kerak bolsa hayotini asrashga katta hissasini qoshdi. Afsuski, ozini asrolmadi. Uning yorqin xotirasi qalblarimiz yashaydi deydi Zafar Fayzullayev.

Daryo manbasining xabar berishicha Sergey Vyunenko koronavirus asoratidan vafot etgan. Bu Daryo hisobi boyicha 370-olim hisoblanadi.

Sogliqni saqlash vazirligi ushbu olimni hozircha tasdiqlamadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (8-09-2020, 18:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -