» » Taniqli aktyor Turg‘un Beknazarov 63 yoshida yana ota bo‘ldi

Taniqli aktyor Turg‘un Beknazarov 63 yoshida yana ota bo‘ldi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turg‘un Beknazarov MY5 telekanalining “Omon-omon” dasturida 63 yoshida ikkinchi bor uylanib, o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida so‘zlab berdi.

“Turmush o‘rtog‘im 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bir yarim yildan so‘ng, 2017-yilda qarindoshlar yig‘ilib, meni uylantirib qo‘ydi. Rafiqam asli chustlik, qizim bilan birga ishlaydi. Namanganda ham katta to‘y qildik. 63 yoshimda o‘g‘il farzand ko‘rdim, ismini Saidakbar deb qo‘ydik”, — deydi aktyor.

“Shu yoshda ko‘rgan farzand boshqacha bo‘larkan. Hali ikki yoshga kirmagan bola telefonimni olib, YouTube’ga kiradi. Juda aqlli. Qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan yaxshi chiqishadi. Katta bo‘lsa, oshna-og‘aynisi ko‘p, xushchaqchaq bola bo‘ladi, shekilli”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Turg‘un Beknazarov.

Ma’lumot uchun, Turg‘un Beknazarov 1-may 1956-yil Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tavallud topgan. 1978-yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan.

1997-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni, 2012-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1977-yildan buyon Muqimiy teatrida ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют