» » Toshkent markazidagi Buxoro ko‘chasi ta’mirlandi (video)

Toshkent markazidagi Buxoro ko‘chasi ta’mirlandi (video)


Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Buxoro ko‘chasining 650 metri ta’mirlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 3 kun davomida Buxoro ko‘chasining 650 metri qayta asfalt qilingan. Ko‘chaning 8 775 kvadrat metr maydoni zamon talablari darajasida ta’mirlangan.

Asfalt qoplamasi mustahkam bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchilarga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun zarur chora tadbirlar ko‘rilgani ta’kidlangan.

Ta’mirlash jarayoni 10 dan ortiq ishchi-mutaxassislar ishtirokida, yangi texnika-texnologiya vositasida bajarilgan.

“Buxoro ko‘chasining bugungi ko‘rinishi va qulayligi shahrimiz aholisi hamda mehmonlarini xursand qilishi aniq”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют