» » “O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 11,6 foiz bo‘lib, bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 11 foizga tushishi kutilmoqda” – Markaziy bank raisi o‘rinbosari

“O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 11,6 foiz bo‘lib, bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 11 foizga tushishi kutilmoqda” – Markaziy bank raisi o‘rinbosari


Bu haqda 2020-yil 7-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2020-yilning o‘tgan sakkiz oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi bilan solishtirganda 11,6 foizni tashkil qilgan.

“Avvalroq yil yakunigacha inflyatsiya ko‘rsatkichi 11-12,5 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilingan edi. Hozirda yil oxirigacha 11 foiz atrofida inflyatsiya bo‘lishini kutyapmiz. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 4 bandga pasayishi kutilmoqda. Keyingi yilda inflyatsiya ko‘rsatkichida 10 foiz, 2023-yilda 5 foizlik targetga erishish rejalashtirilgan”, — dedi Behzod Hamroyev.

“Odamlar topayotgan daromadninig qadri bo‘lishi kerak. Bir yilda ishlab topgan mablag‘ingizning miqdori qanchaligi emas, shu pulga nimalar sotib olish mumkniligi muhimroq. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy ma’nosi odamlar ishlab topgan daromadning qadrini ushlab qolishdir”, — deydi Behzod Hamroyev makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasini ushlab turish qanchalik muhimligi haqida.

Matbuot anjumanida pandemiya davrida aholiga yordam tariqasida qancha kredit mablag‘i kechiktirilgani aytib o‘tildi.

“Karantin davrida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, odamlar daromadini yo‘qotdi. Ammo kredit olganlar bor, buni to‘lash kerak. Shu nuqtayi nazardan, 26,5 trillion so‘m qiymatidagi kreditlarni to‘lash muddati 2020-yil 1-oktabrgacha kechiktirildi. Bunda yuridik shaxslarning 21,3 trillion so‘m miqdoridagi kreditlari kechiktirilgan bo‘lib, bu ular olgan jami qarzlarning 65 foizini tashkil qiladi. Kredit olgan jismoniy shasxlarning 88 foizi kechiktirish imtiyozidan foydalangani natijasida 5,3 trillion so‘m miqdoridagi qarzning to‘lash muddati uzaytirildi”, — dedi Behzod Hamroyev.

Mavzuga doir: MDH davlatlari orasida 2020-yilning birinchi yarmida eng yuqori inflyatsiya O‘zbekistonda qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют