» » O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblangan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblangan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va taqiqlangan tashkilot tuzishda ayblanib qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 7-sentabr kuni Oltiariq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 159-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244-2-moddasi 1-qismi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) va 244-2-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvda bo‘lgan A.A.ni qo‘lga olgan.

“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, – deyiladi IIV xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют