» » Netflix rahbari masofadan turib ishlashdan zarar keltirayotganini ma’lum qildi

Netflix rahbari masofadan turib ishlashdan zarar keltirayotganini ma’lum qildi


Ommaviy ravishda masofadan ishlashga o‘tish samarali natija bermayapti va g‘oyalarni muhokama qilishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu haqda Netflix rahbari Rid Xastings The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men ijobiy natijalarni ko‘rmayapman. Imkoniyatning yo‘qligi shaxsiy uchrashuvlarni yuzaga keltirmoqda, ayniqsa, xalqaro darajada — bu haqiqiy minus”, — deydi Xastings.

Kompaniya o‘z xodimlarini qachon ofislarga qaytarishni rejalashtirayotgani to‘g‘risidagi savolga top-menejer hazil bilan javob qaytargan: “Vaksina tasdiqlanganidan 12 soat o‘tib”.

Aslini olganda Netflix dori vositasi chiqqanidan yarim yil o‘tib xodimlarini qaytarishni reja qilmoqda. Kompaniya rahbarining taxminicha, ofisga qaytilganidan so‘ng ish rejimi o‘zgaradi: to‘rt kun ofisda va bir kun uyda ishlash odatdagi besh kunlik ish o‘rnini egallaydi. Xastings bu kabi modeldan boshqa kompaniyalar ham foydalanishini taxmin qilmoqda.

Boshqa texnologik kompaniyalar esa xodimlar hech qachon ofisga qaytmasligini bashorat qilmoqda. Masalan, Twitter o‘z ishchilarini maydayoq “abadiy masofadan ishlashga” jo‘natib yuborgan. Fujitsu esa xodimlariga muntazam masofadan ishlashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Facebook va Google o‘z xodimlari kamida yil oxiriga borib ofisga qaytishlari mumkinligini bildirgan. Apple rahbari ham ishchilarga uydan ishlashga ruxsat bergani, Yaponiyada davlat idoralariga xodimlarini uy sharoitida ishlashga o‘tkazish buyurilgani xabar berilgandi.

Netflix striming servisining butun dunyo bo‘ylab 200 million foydalanuvchisi bor. Kompaniya pandemiya sabab to‘xtab qolgan o‘z seriallarini, hujjatli va badiiy filmlarini yaratishni yana boshlagan. Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, Netflix loyihalari Yevropa va Osiyoda ishlab chiqariladi, ayrimlari esa — Los-Anjelesda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют