» » AQShda bundan 40 yil oldin o‘lgan Prjevalskiy oti klonlashtirildi

AQShda bundan 40 yil oldin o‘lgan Prjevalskiy oti klonlashtirildi


Amerikalik olimlar ancha oldin o‘lib ketgan otning genidan Prjevalskiy oti klonini yaratdi. Bu haqda hayvonlarning genetik ma’lumotlarini saqlash va qayta tiklashga ixtisoslashgan Revive&Restore kompaniyasining saytida ma’lum qilingan.

Genetik Kurt Benirshke sharafiga Kurt nomi qo‘yilgan qulun 2020-yil 6-avgust kuni dunyoga kelgan. Uni klonlashda 1980-yildagi Britaniya ayg‘irining muzlatilgan hujayralaridan foydalanilgan.

Amerikalik biolog Ben Novakning ta’kidlashicha, bu so‘nggi 17 yilda Prjevalskiy otini klonlash bo‘yicha amalga oshirilgan birinchi muvaffaqiyatli ish hisoblanadi. U buni “ilmiy yutuq” deb atagan.

Hozirda Prjevalksiy oti populyatsiyasi ikki mingga yaqinni tashkil etadi. Ularning barchasi 1990-yillarda butkul yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan 12 zotdan dunyoga kelgan.

Mavzuga doir: Argentinada bir oilaning yoqimtoyi bo‘lgan it klonlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют