» » Yovvoyi raqs, g‘ayrioddiy go‘zallik: sayyoh-suratkashlarning eng yaxshi kadrlari (foto)

Yovvoyi raqs, g‘ayrioddiy go‘zallik: sayyoh-suratkashlarning eng yaxshi kadrlari (foto)


Buyuk Britaniyada “National Geographic Traveller Photography Competetion 2020” tanlovining g‘oliblari aniqlandi. Hakamlar hay’ati tomonidan 4500 dan ortiq ishlar ko‘rib chiqilib, “Odamlar”, “Shaharlar”, “Peyzaj” va “Tabiat” deb nomlangan to‘rtta nominatsiya bo‘yicha sovrindorlar taqdirlandi.

Tanlovning Gran-pri mukofotiga Adriel Torresga tegishli Fransiya Polineziyasining Markiz orolidagi xaklarning marosim raqsi aks etgan surat loyiq ko‘rildi.

“Tabiat” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni Tinch okeanidagi Kokos oroli yaqinida harakati aniq va yaqqol ifodalangan skat surati muallifi Francheska Peyj qo‘lga kiritdi.

Jordan Benksning Tokiodagi Odayba sun’iy orolida joylashgan ko‘p qavatli uylar surati “Shaharlar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

“Peyzaj” nominatsiyasida Annapurna Mellor Ladaxdagi tepalik yonbag‘rida joylashgan Miksi budda monastiri surati bilan yutuqni qo‘lga kiritdi.

Tanlov finalchisi Xolli Barber oqshom chog‘ida qadimiy Praganing suratini olishga erishdi.

Mo‘g‘uliston – onalar davlat darajasida qadrlanadigan mamlakatlardan biri. Surat qahramoni ? 8 farzand va 22 nabiraning buvisi o‘z mukofotlarini namoyish etmoqda. Surat muallifi Key Lokett.

Jorj Ternbull Namibiyaning g‘ayrioddiy go‘zalligi bilan qiziqdi. Suratkash Namib-Naukluft milliy bog‘iga tashrif buyurdi va kun davomida cho‘l rangining o‘zgarishini kuzatdi. Natijada surat tanlov finali uchun tanlandi.

Tanzaniya shimolidagi Natron tuzli ko‘li polaponlarini boqadigan flamingolarning sevimli maskani. Bu yerda har yili minglab qushlar nasl qoldirish uchun to‘planadi. Toni Chjangning ushbu surati ham final uchun saralandi.

Transilvaniyada yashovchi oilaning katta bobosi Danchu. Surat muallifi Linn Freyzer tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Keniya, qum bo‘roni, sher ovga chiqqan. Xavotirga to‘la kutish bilan Diana Nayt manzarani rasmga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Erik Xo Xitoyda tong yorug‘idagi sholi ekilgan maydon manzarasini aks ettiruvchi surati bilan finalga yo‘l oldi.

Sumka ko‘targan ayollar Italiya janubidagi Bari shahrining eski mavzesidagi tor maydonni kesib o‘tmoqda. Muallif Mik Rayan ham ushbu kadr bilan finalga yo‘l oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют