» » Fargona viloyat hokimining akasi koronavirus bilan kasallangani rad etildi

Fargona viloyat hokimining akasi koronavirus bilan kasallangani rad etildi


Fargona viloyati Sogliqni saqlash boshqarmasi va Fargona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi viloyat hokimi Shuhrat Ganiyevning akasi Avazbek Ganiyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarni rad etdi.

Telegramdagi UzbekCorona kanalida Fargona viloyatida koronavirus bilan bogliq holat ogir ekanligi, viloyat hokimi Shuhrat Ganiyevning akasi, Margilon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi Avazbek Ganiyev koronavirusga chalingani va ogir ahvolda ekanligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, kanal tomonidan berilgan xabarda Fargona viloyatida koronavirus bilan kasallangan bir nechta shifokor vafot etgani malum qilingan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan berilgan xabarga kora, Margilon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi Avazbek Ganiyev pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bolgan boshqa hamroh kasalliklar bilan ayni kunda Margilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanmoqda.

Mazkur xabarda viloyatda koronavirus bilan ogrigan bemorlar kopligi, ammo statistika yashirilayotgani haqida yoziladi. Bu fikrlar ham haqiqatdan yiroqdir, deyiladi hokimlik tomonidan berilgan xabarda.

Takidlanishicha, hozirgi kunda kuz fasli boshlanishi tufayli aholi orasida otkir respirator kasalliklar va pnevmoniya kop uchramoqda. Ushbu kasalliklarning klinik belgilari ham koronavirus bilan oxshashligi uchun orinsiz mish-mishlar tarqalmoqda. Shunday bolsa-da, gripp va pnevmoniya bilan ogrigan kasallarning barchasidan koronavirusga tahlillar olinyapti. Ularda tahlil manfiy chiqmoqda. Bu degani ularda koronavirus tasdiqlanmayapti, deya takidlanadi viloyat Sogliqni saqlash boshqarmasi xabarida.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-09-2020, 01:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -