Millatlar Ligasi. Belgiya Islandiyani tor-mor keltirdi, Angliya terma jamoasi Daniya maydonida ochko yo‘qotdi
Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan bahslar 8-sentabr, seshanba kuni yakunlandi.
Belgiya terma jamoasi o‘z uyida Islandiyani qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Belgiyaliklar safida Mishi Batshuayi dubl qayd etgan bo‘lsa, Aksel Vitsel, Dris Mertens va Doku bir martadan o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi. Islandlarning yagona goliga Fridyonsson muallif bo‘ldi.
Guruhning ikkinchi o‘yini Daniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Mazkur bahsda nursiz durang qayd etildi.
Shu tariqa 2-turdan so‘ng A Liga 2-guruhida Belgiya 6 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi. Angliya 4 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan.
Millatlar Ligasi
2-tur bahslari
8-sentabr, seshanba
Gollar: 0:1 – 10 Fridyonsson, 1:1 – 13 Vitsel, 2:1 – 17 Batshuayi, 3:1 – 50 Mertens, 4:1 – 69 Batshuayi, 5:1 – 79 Doku.
Belgiya: Kastels (Minyole, 55), Vertongen, Denayer, Menye, Alderveyreld, Vitsel, de Bryuyne (Vanaken, 81), Azar (Versxaren, 65), Doku, Mertens, Batshuayi.
Islandiya: Kristinsson, Eyelfsson, Foluson, Xermannsson, Skulason, Sigurdsson (Anderson, 72), Byarnason, Gudmundsson, Paulsson, Fridonsson (Bedvarsson, 70), Baldursson (Xadlvredsson, 54).
Ogohlantirishlar: Xermannsson (12).
Daniya: Shmeyxel, Vass, Yorgensen, Kristensen, Skov, Eriksen, Nergor (Heyberg, 73), Dileyni, Breytueyt (Ker, 82), Poulsen, Dolberg (Falk, 76).
Angliya: Pikford, Gomes, Aleksander-Arnold (Meytlend-Naylz, 87), Tripper, Dayer, Sancho (Maunt, 60), Rays, Sterling, Fillips (Grilish, 76), Koudi, Keyn.
Ogohlantirishlar: Breytueyt (52).
Gol: 0:1 – 29 Medvedev.
Gollar: 1:0 – 13, penalti Okriashvili, 1:1 – 33 Ristovski.
Gollar: 1:0 – 43 Karapetyan, 2:0 – 65 Angulo.
Gollar: 0:1 – 3, penalti Xasler, 0:2 – 14 Frik.
Gol: 0:1 – 90+3 Bechiray
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
