» » Turkiyaning barcha hududlarida niqob taqish majburiy etib belgilandi

Turkiyaning barcha hududlarida niqob taqish majburiy etib belgilandi


Turkiyaning barcha provinsiyalarida niqob taqish majburiy etib belgilandi. Koronavirus pandemiyasi sharoitida jamoat joylarida niqob taqish rejimiga amal qilmaganlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya fuqarolari va mehmonlari jamoat joylarida majburiy tartibda niqob taqishi kerak. Niqobni faqat uyda yechish mumkin. Tegishli qaror mamlakatda ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilinmayotgani va kasallanish holatlari soni ortgani sababli hukumat yig‘ilishida qabul qilingan.

Fuqarolar ko‘chalarda, xiyobonlarda, bog‘larda, piknik uchun ajratilgan joylarda, plyajlarda, jamoat transportida va ish joyida niqob taqishi kerak. Shuningdek. yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta’minlash maqsadida jamoat transportida tik holatda harakatlanish ham taqiqlangan.

Bundan tashqari, yarim tundan keyin restoran va kafelarda konsert o‘tkazish taqiqlangan. Plyajlarda, bozorlarda va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ijtimoiy masofani saqlash ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazorat olib boradi.

Provinsiyalar gubernatorlari koronavirusga qarshi kurash doirasida qabul qilingan choralarga amal qilmagan yuridik va jismoniy shaxslardan jarimalar undirish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi Turkiyada ikkinchi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. May va iyun oylaridan buyon kasallanish va o‘lim bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar so‘nggi bir necha kun ichida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Turkiyada jamoat transportida tik turgan holda harakatlanish taqiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют