» » Samarqandda 43 yoshli tanishining suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 2200 dollar talab qilgan ayol ushlandi

Samarqandda 43 yoshli tanishining suratlarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 2200 dollar talab qilgan ayol ushlandi


Samarqandda ayol tanishining shaxsiy suratlarini tarqalmaslik uchun 2200 dollar talab qilgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3-sentabr kuni 42 yoshli ayol S.N. o‘zining 43 yoshli ayol tanishi F.A.ning shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritgan va ayol ularni birovlardan yashirib kelayotganini bilgan holda yaqin qarindoshlariga hamda internetda tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Bunday qilmaslik evaziga undan 2200 dollar talab qilib kelgan.

4-sentabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet xiyobonida S.N. tanishi F.A.dan 2200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddadagi jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.N. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют