» » Aleksandr Lukashenko: Agar Belarus “qulasa”, keyingisi Rossiya bo‘ladi

Aleksandr Lukashenko: Agar Belarus “qulasa”, keyingisi Rossiya bo‘ladi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma’lum qilishicha, agar uning mamlakati “qulasa”, keyingi navbat Rossiyaniki bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Rossiyalik jurnalistlarga murojaat qilgan Lukashenko tez orada Rossiyada yuz beradigan ”ma’lum siyosiy voqealarga” nisbatan bo‘sh kelmaslikka chaqirgan.

“Bilasizmi, biz Rossiya idoralari va rahbariyati bilan qanday xulosaga keldik? Agar bugun Belarus qulasa, keyingisi Rossiya bo‘ladi”, — dedi Belarus prezidenti.

Prezident namoyishlar bilan bog‘liq vaziyatning murakkabligiga e’tibor qaratdi. “Agar boy Rossiya buni eplay oladi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Men ko‘plab prezidentlar bilan gaplashdim, qadrdon do‘stim (men uni katta akam deb atayman) Putin bilan gaplashdim, men uni ogohlantirdim: bunga qarshi turib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Lukashenko.

Mavzuga doir: Aleksandr Lukashenko prezidentlik kursisida “biroz ko‘p o‘tirib yuborganini” tan oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют