» » Lukashenko: Belarus hech qachon Rossiya tarkibiga kirmaydi

Lukashenko: Belarus hech qachon Rossiya tarkibiga kirmaydi


Belarus prezidenti Aleksanr Lukashenkoning aytishicha, uning mamlakati uchun suverenitet — bu juda muqaddas narsa va u (mamlakat) hech qachon Rossiya tarkibiga kirmaydi. Bu haqda u Rossiya OAVlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

Shuningdek, Lukashenko mutlaq mustaqil davlatlar yo‘qligi haqida fikr bildirib, Rossiya mustaqil bo‘lmasa-da, suveren ekanligini qo‘shib qo‘ydi. “Agar bizni, Jirinovskiy taklif etganidek, oblastlarga ajratib, Rossiya tarkibiga qo‘shib yuborishmoqchi bo‘lsa, bu hech qachon amalga oshmaydi”, — dedi u.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya rahbariyati shunday toifada fikrlasa, bu Rossiyaning o‘ziga zarardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют