» » Andijonda er xotini bilan janjallashib, uni pichoqlab qo‘ydi. Ayol voqea joyida vafot etdi

Andijonda er xotini bilan janjallashib, uni pichoqlab qo‘ydi. Ayol voqea joyida vafot etdi


Andijon viloyati Asaka tumanida er-xotin o‘rtasida chiqqan janjal, bir kishining o‘limi bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 4-sentabr kuni soat 12:40 larda Asaka tumani “Qadriyat” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. yashash uyida turmush o‘rtog‘i M.N. (ayol) bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli o‘zaro janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan M.N.ning bo‘yin va qorin qismlariga bir marotabadan urgan — unga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Buning oqibatida M.N. voqea joyida vafot etgan. Fuqaro M.U. ushlanib, ashyoviy dalil sifatida undan bir dona xo‘jalik pichog‘i olingan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro M.U. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga (shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa ushlab turish) asosan protsessual tartibda ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 162) ( 0) ( 160) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют