» » Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida 100 va 101-gollarini urdi. Ali Dayining rekordiga qadar oz qoldi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida 100 va 101-gollarini urdi. Ali Dayining rekordiga qadar oz qoldi


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi 2-turi doirasida Shvetsiyaga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) dubl muallifiga aylandi.

Bu “Yuventus” hujumchisi uchun terma jamoa safidagi 100 va 101-gollar bo‘ldi. Bu borada jahon rekordi Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi Ali Dayiga (109 ta gol) tegishli.

Shu tariqa Ronaldu mazkur rekordni takrorlashi uchun Portugaliya terma jamoasida yana 8 ta gol urishi kerak.

Krishtianu yevropalik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib yuzlik dovonni zabt etdi. Bu borada ikkinchi natija Ferens Pushkashga tegishli — 84 gol.

Bundan tashqari Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 165-o‘yinini o‘tkazdi. Yevropa rekordigacha 11 ta, dunyo rekordiga qadar esa 19 ta o‘yin qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют